Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi AQSh bazasi o‘qqa tutildi
Qo‘shma Shtatlar eronparast guruhlarning Iroq va ehtimol Suriyadagi bazalariga hujum qilishga tayyorlanayotgani alomatlarini aniqladi.
AQSh harbiylari va razvedka xizmatlari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar Qo‘shma Shtatlarning Iroq va ehtimol Suriyadagi bazalariga hujum qilishga tayyorlanayotgani alomatlarini aniqladi, deb yozdi 22 iyun kuni The New York Times (NYT).
Nashr manbasining xabar qilishicha, hozir bu guruhlar tiyib turilmoqda va Iroq rasmiylari ularni Amerika bazalariga hujum qilishdan qaytarish uchun «barcha choralarni ko‘rmoqda». NYT boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Shu bilan birga, Eronning Mehr va Fars axborot agentliklari Iroqning Al-Maalomah axborot agentligiga tayanib, Suriyaning Kasruk hududidagi Amerika harbiy bazasiga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi. Aytilishicha, baza minomyotdan o‘qqa tutilgan. Kim o‘q uzgani noma’lum. Hujum ortidan bazada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
AQSh rasmiylari o‘z bazasiga qilingan hujum haqida xabar bermadi va Eron agentliklarining bayonotlarini sharhlamadi.
22 iyunga o‘tar kechasi AQSh Eronning Natanz, Fordo va Isfaxondagi yadroviy dastur zavodlariga bunker bombalari va Tomahavk raketalaridan foydalangan holda zarba berdi. Endi Tramp ma’muriyati yaqin 48 soat ichida Erondan javob hujumlarini kutmoqda. AQSh hukumati fuqarolarni mamlakat ichidagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi. Chet eldagi amerikaliklarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026