Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgradda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar qurmoqda
28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan namoyishdan so‘ng yuzlab talabalar hibsga olishlarga norozilik bildirish uchun Serbiya poytaxti ko‘chalarini to‘sib qo‘ydi. Radikal namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi. 77 kishi ushlangan.
Belgraddagi namoyishchilar 30 iyun, dushanbaga o‘tar kechasi bir qancha muhim ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar o‘rnatdi.Serbiyaning «Blits» gazetasi poytaxt ko‘chalari va chorrahalarida yuzlab odamlar, chodirlar lagerlari va chiqindi qutilaridan yasalgan barrikadalar ko‘rinib turgan kadrlarni chop etmoqda. Gazetaning yozishicha, Sava daryosi ustidagi Gazela ko‘prigi ham to‘sib qo‘yilgan. Xuddi shunday aksiyalar Serbiyaning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.
«Blits» nashrining yozishicha, politsiya va kommunal xizmatlar 30 iyun tongiga yaqin transport qatnovini tiklash va to‘siqlarni bartaraf etishga urinib ko‘rishi kutilgandi. Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri Ivitsa Dachichning aytishicha, hukumat yo‘llarning to‘sib qo‘yilishili kuzatmoqda va tinchlikka chaqiryapti.
Amerikaning Associated Press agentligi 30 iyunga o‘tar kechasi aksiya ishtirokchilari sonini bir necha mingga baholadi.
Aksiya talabalarning «Blokada» norozilik guruhi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda unga yuz minglab odamlar obuna bo‘lgan. U Belgrad xaritasini e’lon qilgan bo‘lib, unda odamlar kelib ko‘chalarni to‘sib qo‘yishga chaqirilgan nuqtalar ko‘rsatilgan.
Guruh 28 iyun oqshomida politsiya bilan to‘qnashuvda bir necha talaba hibsga olinganidan norozi. Jami 77 kishi ushlangan, 38 nafari hibsga olingan. 70 nafar fuqaro, jumladan 48 nafar politsiyachi tan jarohati oldi, deya xabar beradi Serbiya IIV.
Prezident Aleksandr Vuchich tartibsizliklarning radikal ishtirokchilarini «terrorchilar» deb atadi va mitinglarda qatnashayotgan Belgrad universiteti rektori Vladan Jokichni tanqid qildi.
Mavzuga oid
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
21:00 / 13.01.2026