Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi
1 iyuldan boshlab Germaniya hududiy suvlari orqali o‘tayotgan tankerlar neft to‘kilishidan kelib chiqadigan zararni qoplash uchun sug‘urtaga ega bo‘lishi kerak.
Rossiya Federatsiyasining Boltiq dengizidagi «soyadagi floti»ga qarshi kurash doirasida Germaniya o‘z hududiy suvlari orqali o‘tayotgan tankerlardan neft bilan ifloslanishdan ko‘rilgan zararni qoplash uchun sug‘urta bo‘lishini talab qila boshladi, deya xabar bermoqda Germaniya TIV sayti.
Cheklovlar Femarn oroli sharqidan harakatlanayotgan tankerlarga qaratilgan, deyiladi Germaniya tashqi ishlar vazirligi matbuot-relizida. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, kemalar kuchaytirilgan monitoringdan tortib, sanksiyalar reyestriga kiritishgacha bo‘lgan cheklovlarga duchor bo‘ladi. Bugungi kunga qadar YeIning Rossiya «soyadagi floti»ning 342 ta kemasiga nisbatan cheklov choralari qo‘llanmoqda.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadefulning so‘zlariga ko‘ra, yangi nazorat choralari Germaniyaning mintaqadagi hamkorlari bilan muvofiqlashtirishni kuchaytiradi. «Bizning maqsadimiz aniq: Rossiyaning «soyadagi floti»ga bosimni oshirmoqdamiz va Boltiq dengizi ekotizimini himoya qilmoqdamiz», dedi Vadeful.
24 may kuni Finlandiya mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen Yle telekanalidagi dasturida Rossiya Finlandiya ko‘rfazi orqali o‘tayotgan «soyadagi flot» tankerlarini harbiy kuzatuv bilan ta’minlay boshlaganini ma’lum qildi. Bir kun avval, 23 may kuni Finlandiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning ikki harbiy samolyoti Porvoo qirg‘oqlari yaqinida mamlakat havo hududini buzganligi haqida xabar bergan edi.
Rossiyaning Boltiq dengizidagi faolligi sezilarli darajada oshdi, bu mintaqadagi keskinlikni kuchaytirmoqda, dedi Xyakkyanen o‘sha paytda jurnalistlarga. Biroq, Rossiya hozirda Finlandiyaning o‘ziga tahdid solmaydi, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026