Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:44 / 02.07.2025
1371
2 daqiqa o‘qiladi
Zargarlik sohasini qo‘llab-quvvatlashga 100 mlrd so‘m ajratiladi
Prezident qarori bilan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Hujjatning asosiy maqsadlari:
- qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga, zargarlik buyumlarini eksport qilish ko‘rsatkichlarini 300 mln AQSh dollariga yetkazish;
- qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining norasmiy aylanmasini kamida 50 foizga qisqartirish;
- zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatini sanoat darajasiga olib chiqish, jumladan xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash;
- zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish.
Xususan, sohani qo‘llab-quvvatlash uchun davlat budjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi.
2025 yil 15 iyuldan boshlab:
- lizing tashkilotlari ajratilgan kredit liniyasi hisobidan zargarlik sanoatida ishlatiladigan asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga MBning asosiy stavkasida, foizlarni qarzdorlik qoldiq qismiga hisoblash tartibida lizingga beradi;
- belgilangan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va sarflov vositalari 2028 yil 1 iyulgacha bojxona bojidan ozod etiladi;
- «Navoiy KMK» AJ va «Olmaliq KMK» AJ tomonidan qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida va kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibi 2030 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026