Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qoraqalpog‘iston temiryo‘l chegara bojxona postiga Beyneu–Nukus yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining 9-vagonida Qozog‘istondan kirib kelgan fuqaroning qo‘l sumkasi ko‘zdan kechirildi.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xabar berishicha, ushbu shaxs 6 turdagi 17 dona jami og‘irligi 79,50 gramm bo‘lgan qimmatbaho metall – oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini hech qanday hujjatlarsiz olib kelayotgan bo‘lgan.
Ushbu buyumlar bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va yashirin tarzda olib o‘tishga urinilgan.

Temiryo‘l orqali harakatlanganda fuqarolar ekvivalenti 500 dollar qiymatidagi tovarlarni O‘zbekiston hududiga bojsiz olib kirishi mumkin. Qiymati undan ortgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari undirilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 01.12.2025
Kurerlik jo‘natmalari orqali yuborilgan 1 kgga yaqin “gashish” fosh qilindi
12:42 / 27.11.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi yangi Karakalpak Palace Hotel mehmonxonasi bilan tanishdi
10:49 / 26.11.2025
Eksport tovarlari bojxona qiymatini rasmiylashtirish bo‘yicha alohida tartib joriy etildi
10:29 / 26.11.2025