Jahon | 21:08 / 09.07.2025
3522
2 daqiqa o‘qiladi

Mers Ukrainadagi urushni tugatish uchun diplomatik vositalar tugaganini aytdi

Shuningdek, u Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.

Foto: AP

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishning tinch yo‘llari yo‘q, deb hisoblaydi. «Diplomatik vositalar tugadi», dedi u Bundestagda budjet muhokamasi chog‘ida.

Mers Rossiyaning Ukrainaga so‘nggi, tungi, rekord darajadagi hujumini tanqid qildi va Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.

Iyun oyi o‘rtalarida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga qo‘shimcha 1,9 milliard yevro ajratilishi rejalari haqida ma’lum qildi. Mablag‘lar uzoq masofali qurollar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Umuman olganda, Germaniya Ukrainaga 9 milliard yevro harbiy yordam beradi. Iyul oyi boshida Mers Ukraina Qurolli kuchlarini Moskvagacha yetib borishga qodir Taurus raketalari bilan ta’minlash imkoniyati saqlanib qolayotganini aytdi. Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, raketalarga xizmat ko‘rsatuvchi harbiylar tayyorgarlikdan o‘tishi kerak bo‘ladi va bu kamida olti oy davom etadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid