Jahon | 08:30 / 19.07.2025
1529
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Senati USAID va ikkita OAVga davlat xarajatlarini qisqartirishni ma’qulladi

Budjetdan 9 milliard dollar tejash uchun Tramp ma’muriyati xorijiy yordam va jamoat teleradiokompaniyalari uchun allaqachon tasdiqlangan xarajatlarni qaytarib olishni taklif qildi.

Foto: AL DRAGO/Getty Images/AFP

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, AQSh Senati prezident Donald Trampning allaqachon tasdiqlangan budjet xarajatlari — xalqaro yordam dasturlari va ommaviy eshittirishlarni moliyalashtirishdan 9 milliard dollar qisqartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.

Trampning tashabbusi zarur 51 ovoz oldi, 48 kishi qarshi chiqdi. Ajratilgan 9 milliard dollarning qariyb 8 milliard dollari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning kasalliklar, urushlar va tabiiy ofatlardan keyin xorijiy mamlakatlarga yordam berishga qaratilgan dasturlari hisobidan qaytarilishi taklif qilinmoqda. Agentlik yopilgandan so‘ng uning ba’zi funksiyalari Davlat departamentiga o‘tkazildi.

Shuningdek, u Jamoat televideniyesi korporatsiyasi NPR va PBS jamoat teleradiokompaniyalarini moliyalashtirish uchun bergan 1,1 milliard dollarni qaytarishni taklif qilmoqda. Gap kompaniyalarning ikki yillik budjeti haqida ketmoqda.

Bir necha respublikachi senatorlar global sog‘liqni saqlash dasturlarini qisqartirish ko‘lamidan noroziligini bildirganidan so‘ng, qonun loyihasidan sobiq prezident Jorj Bush tomonidan 2003 yilda boshlangan OITSga qarshi kurash xalqaro dasturi PEPFAR olib tashlandi. Bu umumiy qisqartirishlarni 9,4 milliard dollardan 9 milliard dollarga pasaytirdi. O‘zgartirish tufayli qonun loyihasi prezidentga imzolash uchun yuborilishidan oldin Vakillar palatasi tomonidan yana ovozga qo‘yilishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid