Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Serbiya hukumatlararo komissiyasi tuziladi
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Serbiya Ichki va tashqi savdo vazirligi davlat kotibi Nikola Stoyanovich bilan muzokara o‘tkazdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashib, mavjud salohiyatdan faol foydalanish muhimligini ta’kidladi.
O‘zaro hamkorlikning ikki tomonlama mexanizmlarini, jumladan, O‘zbekiston-Serbiya hukumatlararo komissiyasini tuzish, shuningdek, asosiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga doir shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari, jumladan, viza tartib-taomillarini soddalashtirish va tegishli hukumatlararo bitimlarni tuzish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026