Jahon | 11:15 / 21.07.2025
1516
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada kommunizm targ‘iboti taqiqlandi

Chexiya prezidenti kommunizm targ‘iboti uchun 5 yilgacha qamoq jazosi berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Foto: Bozhan Memis/Anadolu/picture alliance

Chexiya prezidenti Petr Pavel mamlakat jinoyat kodeksiga kommunizm targ‘iboti uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi tuzatishlar kiritish haqidagi hujjatni imzoladi, deb xabar bermoqda Euractiv portali.

Kommunistik mafkura targ‘iboti endi Chexiyada natsistlar tashviqoti bilan tenglashtiriladi va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonunda «inson huquqlari va erkinliklarini bostirish yoki irqiy, etnik, milliy, diniy yoki sinfiy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan aniq maqsadli natsist, kommunistik yoki boshqa harakatlarni yaratgan, qo‘llab-quvvatlagan yoki targ‘ib qilgan» har qanday shaxs jazolanishi aytilgan.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirish Chexiyaning qator ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan, Totalitar rejimlarni o‘rganish instituti huquqiy nomutanosiblikni tuzatish bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqanidan so‘ng amalga oshirildi.

Kommunizmni targ‘ib qilishni taqiqlash Chexiya parlamenti deputati Katerjina Konechna boshchiligidagi Chexiya va Moraviya Kommunistik partiyasi tomonidan qoralandi. Partiya bu tashabbusni «Chexiya va Moraviya Kommunistik partiyasini qonundan tashqari deb e’lon qilish va hozirgi rejim tanqidchilarini qo‘rqitish uchun muvaffaqiyatsiz urinish» deya ma’lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid