Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtning har bir tumanida ko‘chatxonalar tashkil qilinadi
Bu haqda Toshkent shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. Unga ko‘ra tuman obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli hududlardan 100 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan joy ajratiladi. Tuman hokimlari bir oy ichida buta ko‘chatlarining urug‘ va qalamchalaridan yetishtirib, ko‘chatxonalar tashkil etadi. Buning uchun budjetdan mablag‘ olinadi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning 17 iyulda imzolagan farmoyishi bilan poytaxtning har bir tumanida 100 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hududlarda ko‘chatxonalar tashkil etiladi.
Bu vazifani bajarish tuman hokimlariga yuklatilgan. Bir oyda tumanlardagi obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli hududlarda butalarning urug‘ va qalamchalaridan ko‘chatlar yetishtirilishi lozim.
Buning uchun hokimlikning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha majmuasi hamda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Buta ko‘chatlarini urug‘ va qalamchalardan ko‘paytirish bo‘yicha taqsimot reja dasturi” tasdiqlanishi kutilmoqda.
Farmoyishga ilova qilingan hujjatga ko‘ra, joylarda jami 574 450 dona har xil turdagi buta ekiladi. Ularning qalamchalarini parvarishlash, qo‘riqlash va agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, ekilgan daraxt hamda butalarning organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi, daraxt hamda butalarning kasallanishi va zararkunandalarga qarshi kurashish choralari ko‘rilishi belgilangan.
Dasturda ko‘rsatilgan buta ko‘chatlarini urug‘ va qalamchalardan ko‘paytirish xarajatlarini moliyalashtirish yuzasidan tuman hokimliklari xalq deputatlari tuman kengashlariga taklif kiritishi kerak.
Qolaversa, hujjatda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan bu bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etilishi aytilgan.
Tuman obodonlashtirish boshqarmalari dastur asosida yetishtirilgan buta ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilib, har oyda Toshkent shahar hokimligiga ma’lumot taqdim qiladi.
Farmoyish ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonovga yuklatilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 30.04.2026
Ko‘p kvartirali uylarda yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi
10:02 / 07.03.2026
Toshkentda hokim yordamchisi 5 ming dollar bilan ushlandi
09:09 / 17.02.2026
Shayxontohurda Beltepa ko‘chasidagi xonadonda yong‘in: jabrlanganlar yo‘q
12:40 / 22.01.2026