Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi
The Wall Street Journal gazetasi AQSh prezidenti Donald Trampga Shotlandiyaga safari chog‘ida hamrohlik qiladigan press-puldan chiqarib tashlanadi, deya ma’lum qildi Oq uy. Qaror Trampning Epshteynga maktubi e’lon qilinishi bilan bog‘liq.
Oq uy The Wall Street Journal gazetasini AQSh prezidenti Donald Trampga Shotlandiyaga safari chog‘ida hamrohlik qiladigan press-puldan chiqarib tashlashini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lumot berdi.
«The Wall Street Journal'ning yolg‘on va tuhmatli xatti-harakatlari tufayli ular bortdagi 13 ta nashr orasida bo‘lmaydi», dedi Livitt.
Safar 25-29 iyul kunlariga belgilangan. Tramp yozgi ta’tilni Shotlandiyada o‘tkazishi kutilmoqda.
AQSh prezidenti avvalroq The Wall Street Journal va uning egasi, mediamagnat Rupert Merdok ustidan sudga murojaat qilgan edi. Bunga respublikachi prezident tomonidan bolalarga zo‘ravonlik qilishda gumonlanayotgan milliarder Jyeffri Epshteynga yozgan xati haqida xabar berilgan maqola sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026