Jahon | 23:31 / 27.07.2025
4422
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi

Ular orasida VII–VIII asrlarga oid ikkita budda ibodatxonasi va qoyatosh yozuvlari bor.

Foto: Anadolu

Tojikistonda Tarixiy-madaniy merosni saqlash agentligi xodimlari tomonidan madaniy meros obektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari davomida ilgari qayd etilmagan o‘nta tarixiy va madaniy yodgorliklar ro‘yxatga olindi. Bu haqda agentlik direktori Sherali Xo‘jazoda ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida VII–VIII asrlarga oid ikkita budda ibodatxonasi, sosoniylar davriga tegishli uchta yodgorlik, o‘rta asrlarga oid ikkita qoyatosh yozuvi hamda o‘sha davrlarga oid uchta arxitektura yodgorligi bor.  

“Biz mamlakat madaniy merosini ro‘yxatga olish va himoya qilish ishlarini davom ettiramiz. Yangi topilmalar Tojikiston boy o‘tmishga ega ekanligini tasdiqlaydi”, — dedi Xo‘jazoda.

Hozirda butun mamlakat bo‘ylab tarixiy yodgorliklarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid