O‘zbekiston | 07:56 / 07.08.2025
1151
1 daqiqa o‘qiladi

Raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislar yagona reyestri tuziladi

Vazirlar Mahkamasining "Raqamli kriminalistika tadqiqotlari sohasida mutaxassislar malakasini oshirish va sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: 123RF

Ushbu hujjat prezident qarorining PQ–17-sonli «Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qarorga muvofiq:

  • raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislarning malakasi kamida har ikki yilda bir marta ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalarida oshiriladi;
  • o‘qitish oflayn va masofaviy shakllarda – kurslar, seminarlar va stajirovkalar ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin;
  • o‘qitishning minimal vaqti – 36 akademik soatni tashkil etadi;
  • o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi;
  • xorijda o‘qitilgan mutaxassislarning malakasi tegishli hujjatlar asosida tan olinadi.

 
Shuningdek, raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini markazlashgan holda yuritish nazarda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid