Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Putin va Tramp «yaqin kunlarda» uchrashadi
Rossiya va AQSh prezidentlari kelasi hafta uchrashishi mumkin, dedi Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov. O‘tkazish joyi kelishib olingan, ammo keyinroq e’lon qilinadi, deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya va AQSh yaqin kunlarda ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda 7 avgust, payshanba kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
«Amerika tomonining taklifiga ko‘ra, yaqin kunlarda ikki tomonlama sammit, ya’ni prezident Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida prinsipial kelishuvga erishildi», — deya Ushakov so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS davlat axborot agentligi.
Rossiya prezidenti yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv kelasi hafta bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, Moskva va Vashington unga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, o‘tkazish joyi kelishilgan, ammo keyinroq ma’lum qilinadi.
Rossiya Federatsiyasi va AQSh rahbarlarining yuzma-yuz muzokaralariga tayyorgarlik Tramp tomonidan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish uchun belgilangan muddat tugashidan bir kun oldin olib borildi. Agar Moskva tinch yo‘l bilan kelishuvdan bosh torsa, Tramp Rossiya energetika resurslarining eng yirik xaridorlariga qarshi ikkilamchi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
18:06 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
14:07 / 14.06.2026