Jahon | 12:18 / 12.08.2025
2882
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaga yon berish yo‘q – YeI sanksiyalarning navbatdagi paketi ustida ishlaydi

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan o‘t ochishni to‘liq va so‘zsiz to‘xtatishni talab qildi.

Foto: REUTERS/Yves Herman

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketi ustida ishlaydi. Bu haqda 11 avgust kuni Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat idorasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi, deb yozdi Reuters.

Shu bilan birga, u Rossiya o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga rozi bo‘lmaguncha Moskvaga yon bermaslikdan ogohlantirdi.

«Rossiya o‘t ochishni to‘liq va so‘zsiz to‘xtatishga rozi bo‘lmaguncha, biz hech qanday yon berishlarni muhokama qilmasligimiz kerak. Qadamlar ketma-ketligi muhim. Birinchisi - ishonchli monitoring tizimi va qat’iy xavfsizlik kafolatlari bilan o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatish va biz 19-sanksiyalar paketi ustida ishlaymiz», dedi Kallas.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bostirib kirishni qoralash maqsadida Rossiya va uning neftiga qarshi 18-sanksiyalar paketini qabul qildi. Choralar Hindiston neftni qayta ishlash zavodiga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga oldi, unda «Rosneft» 49,13 foiz aksiyalarga egalik qiladi. YeI Rossiya neftining Hindistonga eksporti bilan qo‘llab-quvvatlanadigan Kremlning energiya daromadlarini kamaytirishga intilmoqda.

Bundan tashqari, Bryussel Eron neft treyderi Husayn Shamxoniy va uning bir qancha kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Mavzuga oid