O‘zbekiston | 17:36 / 16.08.2025
2806
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston aviaqatnovlar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi

Markaziy Osiyo – Xitoy (S5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya ma’murlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlatning tayinlangan tashuvchilariga Olmaota – Toshkent va Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha haftasiga 42 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 tagacha reys bajarishga ruxsat etildi.

Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi barcha kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirgan taqdirda, parvozlarning ruxsat etilgan chastotasi haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi.

Shuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun belgilangan manzillar sonini ko‘paytirishga kelishib oldilar.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid