O‘zbekiston | 16:31 / 17.08.2025
3170
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

So‘nggi kunlarda Pokistonda tinimsiz yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 200dan ortiq inson qurbon bo‘ldi. 

Foto: Reuters

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokistonda yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Asif Ali Zardariy va bosh vaziri Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi.

“Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi xabarda.

So‘nggi kunlarda Pokistonda tinimsiz yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 200dan ortiq inson qurbon bo‘ldi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid