Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Senatlari o‘rtasida "yo‘l xaritasi" imzolandi
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Ostona shahriga rasmiy tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: dunyo.info
Xabar qilinishicha, uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga doir keng ko‘lamli masalalar, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va mintaqaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida parlamentlararo munosabatlar ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama shaklda yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining Ikkinchi parlamentlararo forumi yakunlari va Qozog‘iston delegatsiyasining Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasida ishtiroki yuqori baholandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsad va vazifalar amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi hamda Qozog‘iston Parlamentining shunday komissiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish va xalqaro maydonda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga qaratilgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Parlamenti Senati o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi.
Mavzuga oid
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
18:30 / 16.12.2025
Qozog‘istonda mol go‘shti eksporti cheklandi
18:06 / 16.12.2025