Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qurib qolgan 2 ming tup daraxtga mas’ul shaxs jazolandi
Unga BHM 10 barobari miqdorida jarima jazosi qo‘llandi.
Illyustrativ foto
Samarqand viloyati, Narpay tumanida 2 ming tup terakning qurib qolishiga sababchi bo‘lgan mas’ul javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, daraxtlar 2024 yilda, «Yo‘llardan foydalanish» korxonasiga tegishli bo‘lgan hududda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekilgan. Ammo «korxona mas’ullari e’tiborsizlik qilishi oqibatida» suvsizlikdan qurib, nobud bo‘lgan.
Hududga biriktirilgan mas’ul B.I. joriy yil 23 aprel kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 4-qismi bilan jazolanib, BHM 10 barobari (3,72 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, tegishli hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Yakuniy qaror qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:09 / 23.12.2025
Samarqandda ikki sud raisi ishdan olindi
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
08:50 / 18.12.2025