O‘zbekiston | 12:27 / 22.08.2025
11444
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +35…+37 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

2324 avgust kunlari havo harorati +35…+37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha nisbatan nam va biroz issiq bo‘lgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 23 darajaga pasayadi.

Shamol 712 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 38 metr/soniya tezlikda esadi, 1215 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Harorat juma kunduzi +35…+37 daraja, yakshanba kuni +32…+35 daraja bo‘ladi, kechalari +20…+22 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid