Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WIRobotics «insonga sezgir» uy robotini taqdim etdi
Robot turli sohalarda ishlatilishi mumkin: ishlab chiqarishdan tortib maishiy va tibbiy yordamgacha.
Foto: WIRobotics
Janubiy Koreyaning WIRobotics kompaniyasi odamlar bilan yonma-yon ishlash va maishiy sharoitlarga moslashish uchun mo‘ljallangan yangi ALLEX odamsimon robotini namoyish etdi.
Taqdimot KOREATECH kampusidagi Robototexnika innovatsiyalari markazida bo‘lib o‘tdi.
ALLEX yaratuvchilari uni shunchaki buyruqlarni bajarmaydigan, balki inson bilan «tabiiy va xavfsiz» muloqot qiladigan robotlar sari qadam deb atadi.
Robot turli sohalarda ishlatilishi mumkin: ishlab chiqarishdan tortib maishiy va tibbiy yordamgacha. Uning o‘ziga xos xususiyati kuch va teginishlarni sensorlarsiz his qilish qobiliyati bo‘lib, jismoniy aloqaga deyarli inson kabi javob beradi.
Asosiy xususiyatlar:
- 15 ta erkinlik darajasiga ega bo‘lgan qo‘l, nozik harakatlarni bajara oladi va 30 kg gacha yuk ko‘taradi;
- og‘ir ishni ortiqcha yuklamasiz bajarish imkonini beruvchi og‘irlikni kompensatsiya qilish tizimi;
- ALLEX atigi 5 kg vaznga ega, ammo bir qo‘lda 3 kg dan ortiq yuk ko‘tara oladi.
Ehtimoliy qo‘llanish sohalari keng: qariyalarga yordam berish, fabrikalarda ishlash, maishiy yordam (masalan, kiyimlarni taxlash yoki ichimliklarni quyish kabi).
WIRobotics ushbu robotni modulli platforma sifatida yaratdi - faqat qo‘llar, panja yoki butun tanadan foydalanish mumkin. Kompaniya 2030 yilga borib bunday robotlarni barchaga hamyonbop qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
18:07 / 10.12.2025