Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
Dam olish kunlaridagi qulay harorat fonidan so‘ng, dushanbadan havo yana isiy boshlaydi. Harorat +36…+39 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha ko‘tariladi.
Foto: Kun.uz
O‘tgan dam olish kunlari kuzatilgan qulay harorat fonidan so‘ng, dushanbadan boshlab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Ish haftasi davomida havo +36…+39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha isiydi. Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo qayd etiladi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kunduzi +36…+39 daraja, kechasi +21…+24 daraja bo‘ladi.