O‘zbekiston | 13:13 / 25.08.2025
1796
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

“Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Foto: sudyalaroliykengashi.uz

Farmonga ko‘ra, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi. 

2025 yil 1 oktyabrdan:

▪️sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida tashkil etiladi;
▪️kurslarga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi;
▪️ o‘qish davrida tinglovchilarga sudya yordamchisining 1 oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida har oyda stipendiya to‘lanadi;

▪️kursga qabul qilish quyidagilardan iborat tanlov asosida amalga oshiriladi:

▫️psixologiya, 
▫️chet tillari; 
▫️sud ixtisosligi bo‘yicha test sinovlari;
▫️yozma imtihon; 
▫️yakka tartibdagi suhbat.

Yakuniy attestatsiya imtihoni natijalariga ko‘ra, kursni tamomlagan bitiruvchilar arizasiga asosan bo‘sh sudyalik lavozimlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadi. 

O‘qish dasturini o‘zlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan  o‘tmagan tinglovchilar, bo‘sh sudyalik lavozimiga 3 yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar olingan stipendiya summasini to‘liq miqdorda qoplab beradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid