Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda qiymati 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi
Ekoturizm markazi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv ombori hududida barpo etiladi. Loyiha doirasida yangi yashil maydonlar, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimi joriy qilinadi.
Surxondaryo viloyatida qiymati 140 mlrd so‘mga teng ekoturizm markazi quriladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, ushbu loyiha viloyatda tog‘li rekretsion hududlar, suv omborlari, ko‘llar va daryo sohillari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tabiatga ziyon yetkazmagan holda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv ombori hududida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish nazarda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyiha taqdimoti bilan tanishgan. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifalari topshirilgan.

Bundan tashqari, sobiq "Surxon kombinati" MChJga tegishli, hozirda tijorat banklari balansidan joy olgan foydalanilmayotgan binolarda temir-beton klasteri tashkil etiladi. Bo‘sh binolarni aniq loyiha va investitsiya talablari bilan auksionga chiqarish chora-tadbirlari muhokama qilingan.
Avvalroq Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026