Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dog‘istonda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Dog‘iston qirg‘oqlari yaqinida Kaspiy dengizida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlarini Derbent va Mahachqal’a aholisi his qilgan, shuningdek, Ozarboyjon va Eronda ham sezilgan.
Foto: Sergey Savostyanov / TASS
26 avgust, seshanba kuni kechqurun Dog‘iston qirg‘oqlari yaqinida Kaspiy dengizida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 23:33 da qayd etilgan.
Zilzila episentri taxminan 10 km chuqurlikda bo‘lgan. EMSC ma’lumotlariga ko‘ra, u Derbent shahridan 50 km shimolda va Izberbash shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan.
Dastlab u magnitudani 6,0 deb baholagan, keyin esa 5,5 ga o‘zgartirilgan. AQSh Geologik xizmati (USGS) uni 5,4 deb baholamoqda. Rossiya Fanlar akademiyasining Dog‘iston geofizika xizmati — 5,9 ga.
Mavzuga oid
08:09 / 04.12.2025
Qurilishda zilzilabardoshlik talablari buzilsa, javobgarlik oshiriladi
18:02 / 14.11.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
19:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
14:05 / 03.11.2025