Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning bosh muzokarachilari AQShga jo‘nab ketmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Trampning jamoasi bilan Nyu-Yorkdagi uchrashuvga xavfsizlik kafolatlari aspektlari bilan shug‘ullanuvchilarning barchasi jalb qilinadi, dedi.
Rustem Umerov Foto: Leonhard Foeger/REUTERS
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov 29 avgust kuni Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan uchrashadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 avgust, chorshanba kuni kechki videomurojaatida ma’lum qildi.
Uning eslatishicha, avvalroq Yermak va Umerov urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar va muzokaralarda vositachilik qilishning ehtimoliy platformalarini muhokama qilib, Qatarda, keyin Saudiya Arabistonida, 28 avgust kuni esa Shveytsariyada uchrashuvlar o‘tkazgan. «Juma kuni — Amerika Qo‘shma Shtatlari, Nyu-York, prezident Tramp jamoasi bilan uchrashuvlar», dedi prezident.
«Xavfsizlik kafolatlari mazmuni ustida ishlayotganlarning barchasi — kafolatlarning harbiy, siyosiy, iqtisodiy tarkibiy qismlari jalb qilinadi. Vazifa — imkon qadar tezlashtirish, bu ham ta’sir dastagiga aylanishi: rossiyaliklar dunyo qanchalik jiddiy ekanligini va urush davom etsa, Rossiya uchun oqibatlari qanchalik og‘ir bo‘lishini ko‘rishi kerak», — dedi Zelenskiy uchrashuv maqsadlarini tasvirlab.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:21