Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov 29 avgust kuni Nyu-Yorkda AQŞ prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan uçraşadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 avgust, çorşanba kuni keçki videomurojaatida ma’lum qildi.
Uning eslatişiça, avvalroq Yermak va Umerov uruşni tugatiş böyiça muzokaralar va muzokaralarda vositaçilik qilişning ehtimoliy platformalarini muhokama qilib, Qatarda, keyin Saudiya Arabistonida, 28 avgust kuni esa Şveytsariyada uçraşuvlar ötkazgan. «Juma kuni — Amerika Qöşma Ştatlari, Nyu-York, prezident Tramp jamoasi bilan uçraşuvlar», dedi prezident.
«Xavfsizlik kafolatlari mazmuni ustida işlayotganlarning barçasi — kafolatlarning harbiy, siyosiy, iqtisodiy tarkibiy qismlari jalb qilinadi. Vazifa — imkon qadar tezlaştiriş, bu ham ta’sir dastagiga aylanişi: rossiyaliklar dunyo qançalik jiddiy ekanligini va uruş davom etsa, Rossiya uçun oqibatlari qançalik oğir bölişini körişi kerak», — dedi Zelenskiy uçraşuv maqsadlarini tasvirlab.


















