O‘zbekiston | 13:43 / 29.08.2025
2708
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan quruq va quritilgan mevalar Kuvaytga eksport qilinadi

Kuvaytning Dejavu for Juice kompaniyasi rahbari Ahmad al-Bag‘iliy Xorazm viloyatida o‘tkazilgan biznes-forum va "Qovun sayli" xalqaro festivalida ishtirok etdi.

Foto: Dunyo

"Qovun sayli" festivalida ishtirok etgan Kuvayt vakili ko‘pgina xalqaro tadbirlarda qatnashganini, biroq aynan ko‘hna Xorazm zaminida tashkil etilgan festival o‘zgacha jozibadorligi bilan ajralib turishini ta’kidladi.

Kuvaytlik tadbirkor biznes-forum doirasida o‘zbek ishbilarmon doiralari bilan B2B shaklida uchrashuvlar o‘tkazdi. Ularda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida fikr almashildi. 

Shuningdek, safar davomida Xorazm viloyatidagi Japan Uz Trade House va Khorezm Insulation Group kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar tashkil etdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistondan quruq va quritilgan mevalarni Kuvaytga eksport qilish masalasi muhokama qilindi, qulay transport-logistika yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid