Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axios: Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqish haqida o‘ylayapti
AQSh prezidenti Rossiya va Ukrainadan «ko‘proq moslashuvchanlik»ni xohlaydi, aks holda u diplomatik sa’y-harakatlarni to‘xtatadi, deydi Axios manbalari. Trampga yaqin doiralar o‘zgarish yo‘qligida Yevropani ayblamoqda.
Foto: Jacquelyn Martin/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlardan «bir yoki ikkala tomon ko‘proq moslashuvchanlik ko‘rsata boshlamaguncha» voz kechish haqida jiddiy o‘ylayapti. Bu haqda Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayanib, Axios portali xabar berdi. «O‘tirib tomosha qilamiz, yana bir oz urishishsin, nima bo‘lishini ko‘ramiz», dedi u.
Nashrda ta’kidlanganidek, ba’zi amerikalik rasmiylar Yevropa yetakchilarini kelishuv yo‘lidagi «asosiy to‘siq» deb hisoblay boshladi. Oq uyning yuqori martabali mulozimlariga ko‘ra, ba’zi Yevropa yetakchilari Trampning tinchlikka erishish sa’y-harakatlarini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlab, yashirincha Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Alyaskadagi sammitidan so‘ng erishilgan «o‘zgarishlarni bekor qilishga» harakat qilmoqda.
Oq uy rasmiylari Ukrainani «Rossiyadan noreal hududiy imtiyozlar olishga» undayotgan Yevropa yetakchilariga nisbatan «sabrini yo‘qotmoqda», deb yozadi Axios. AQSh rasmiylariga ko‘ra, yevropaliklar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga «yaxshiroq kelishuv»ga erishish uchun bosim o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
15:57
«Biz Grenlandiyani olishimiz kerak» - Tramp mineral resurslarga boy orolga ko‘z tikmoqda
13:21
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
11:03
Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi
09:00