Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Moldova yuk tashuvlarini ruxsatnomasiz shaklga o‘tkazadi
2026 yildan boshlab O‘zbekiston va Moldova ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlarini ruxsatnomasiz tizimga o‘tkazish haqida bayonnoma imzoladi.
Kishinyov shahrida avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Moldova qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha amaldagi kelishuvlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, bayonnomaga asosan 2026 yil boshidan Moldova bilan ikki tomonlama/tranzit yuk tashuvlarida ruxsatnomasiz tizimga o‘tish ko‘zda tutilgan.
“Mazkur kelishuv avtomobil transportida Yevropa yo‘nalishida yuk tashuvlarini rivojlantirishda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratib, tashqi iqtisodiy aloqalar rivoji va eksport zanjiri barqarorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026