Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyadagi namoyishchilar muddatidan oldin saylov o‘tkazishni talab qilmoqda
Belgrad va Serbiyaning boshqa shaharlarida Novi-Sad vokzalining tomi qulashi qurbonlarini xotirlash uchun ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar prezident partiyasini hokimiyatdan chetlatish uchun muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazishni talab qilmoqda.
Serbiyada 1 sentabr, dushanba kuni o‘n minglab namoyishchilar poytaxt Belgrad ko‘chalari bo‘ylab 2024 yilning noyabrida Novi-Sad vokzalining tomi qulashi oqibatida halok bo‘lgan 16 kishi xotirasiga yurish o‘tkazdi. Reuters agentligining xabar berishicha, namoyishchilar fojiada korrupsiyani ayblamoqda va prezident Aleksandar Vuchichning Serb progressiv partiyasini hokimiyatdan chetlatish uchun muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazishni talab qilmoqda.
Xuddi shunday norozilik namoyishlari mamlakatning boshqa shaharlarida, jumladan Novi-Sad, Kraguyevats, Aleksinatsda ham bo‘lib o‘tdi. Belgradda 16 nafar o‘rta maktab o‘quvchilari har biri oq atirgul tutgan holda Sava maydonidan o‘tdi. Novi-Sad vokzalining tomi qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning ismlari o‘qib eshittirildi.
Reuters xabariga ko‘ra, Serbiyada bir necha oydan beri davom etayotgan namoyishlar Vuchich va uning partiyasida noaniqlik tug‘dirmoqda. Shu bilan birga, namoyishchilarning muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazish talabiga javoban Serbiya prezidenti «demokratik davlatlar har safar namoyishlar bo‘lganda saylov jadvalini o‘zgartira olmaydi», chunki bu «fuqarolarning o‘ziga zarar yetkazadi», deya ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026