Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
U fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilgan. Shundan 5 ming dollarini olayotganda tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Angren shahrida IIB tergovchisi tezkor tadbirda pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va tegishli tartibda chora ko‘rmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilgan.
U so‘ralgan puldan 5 ming dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Oldinroq Namangan shahar hokimi 60 ming dollar pora olganlikda ayblanib, qamoqqa olingandi.
Mavzuga oid
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
21:35 / 18.02.2026
«Qizilqum U19» futbol klubi bosh murabbiyi pora olayotganda ushlandi
08:22 / 11.02.2026
Davlat zaxirasidagi yerni va’da qilib, 600 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
08:18 / 09.02.2026