Jamiyat | 13:46 / 08.09.2025
5629
1 daqiqa o‘qiladi

IIV yangi firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirdi

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini huquqni muhofaza qilish organi vakili yoki mansabdor shaxs sifatida tanishtirayotgan firibgarlardan ogohlantirdi.

Foto: IIV

Firibgarlar fuqarolarga telefon orqali ularning mol-mulki, bank kartalaridagi pullar, ko‘chmas mulki xavf ostida ekanini aytadi.

Shundan so‘ng, jinoyatchi ularni qo‘lga kiritmoqchi ekani, buning oldini olish uchun esa fuqaro bor mol-mulkini ularning “xavfsiz” hisobiga depozit shaklida qo‘yishi kerakligini, jinoyatchini qo‘lga olib, fuqaroning pullarini o‘ziga qaytarib berishlarini bildirib, psixologik bosim qiladi.

Huquqni muhofaza qilish organ vakillari hech qachon bu tarzda fuqaroga qo‘ng‘iroq qilib, bunday talablarni qo‘ymaydi.

Shunday vaziyatda firibgardan uning ish joyi, ofis raqami yoki shunga o‘xshash nazorat savollarini so‘rash orqali qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsning firibgar ekanini bilib olish mumkin. Eng to‘g‘ri va oson yo‘li esa aloqani uzishdir.

Mavzuga oid