Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quddusda otishma: kamida 5 kishi vafot etdi
Quddus shimolida ikki nafar qurolli shaxs gavjum chorrahadagi avtobusga qarata o‘t ochgan. Isroil politsiyasi hodisani «terrorchilik hujumi» deb atab, jinoyatchilar voqea joyida «zararsizlantirilganini» bildirdi.
Foto: Getty images
Dushanba kuni ertalab Quddus shimolidagi chekka hududda yuz bergan otishmada kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi og‘ir yaralandi. New York Timesʼning mahalliy OAVlarga tayanib yozishicha, ikki nafar qurolli shaxs gavjum chorrahada to‘xtagan jamoat avtobusidagi yo‘lovchilarga qarata o‘t ochgan.
Tez yordam xodimi Fadi Dekaydekning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar yo‘l va bekat yonidagi trotuarda yotgan, ba’zilari hushsiz holatda bo‘lgan. To‘rt kishi hodisa joyida vafot etgan. Yana o‘nlab jabrlanuvchilar shifoxonalarga olib ketilgan, ulardan yettitasining ahvoli og‘irligi, o‘q jarohatlari olgani aytilmoqda.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu hujumdan so‘ng xavfsizlik rahbarlari bilan maslahatlashuv o‘tkazayotgani haqida uning idorasi bayonot berdi.
Mavzuga oid
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
09:44 / 03.12.2025
Oq uy yaqinidagi otishmada ayblanayotgan afg‘onistonlik aybini tan olmadi
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025