Jahon | 13:16 / 09.09.2025
1488
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyadagi parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Mehnat partiyasi va uning koalitsiyadagi hamkorlari Norvegiya parlamentidagi 87 o‘ringa ishonishi mumkin. Demak, bosh vazir Styore o‘z lavozimida qoladi.

Yonas Gar Styore Foto: SCANPIX / EPA / OLE BERG-RUSTEN

Norvegiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida hukmron Mehnat partiyasi (Ap) va uning koalitsiyasidagi ittifoqchilari g‘alaba qozondi. 8 sentabr, dushanba kuni kechqurun e’lon qilingan dastlabki natijalarga ko‘ra, byulletenlarning 99 foizi qayta ishlanib bo‘lingandan so‘ng, amaldagi bosh vazir Yonas Gar Styorening sotsial-demokratik partiyasi 28,2 foiz ovoz oldi.

So‘l blokning boshqa to‘rtta partiyasi bilan birgalikda Styore hukumati 169 o‘rinli bir palatali parlamentda (Storting) 87 mandatga ishonishi mumkin, ko‘pchilik uchun esa kamida 85 mandat talab qilinadi. Demak, to‘rt yil davomida hokimiyatda bo‘lgan Styore, ehtimol, bosh vazir o‘rnini saqlab qoladi. Mehnat partiyasi esa mutlaq ko‘pchilikka ega bo‘lmaydi va koalitsiyadagi hamkorlarining ko‘magiga tayanishi kerak bo‘ladi.

«Bu o‘ng qanot kuchlar to‘lqiniga qaramay, sotsial-demokratiya g‘alaba qozonishi mumkinligi haqida boshqa mamlakatlarga signaldir», dedi Styore tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid