Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Bahrayn dippasport egalari uchun vizalarni bekor qiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Manamaga rasmiy tashrifi doirasida Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan uchrashdi.
"Bahrayn podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani janoblari va uning jamoasi bilan juda samimiy va samarali uchrashuv o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlash – siyosiy muloqotni kengaytirishdan tortib savdo, investitsiyalar va institutsional tajriba almashishni ko‘paytirishgacha bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mintaqaviy va global hamkorlikning eng dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari o‘rtasidagi ko‘priklarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
"Hamkorligimiz zamirida yotgan do‘stlik va o‘zaro hurmat ruhini yuksak qadrlaymiz. Bugungi muhokamalarimizga asoslanib, umumiy g‘oyalarimizni har ikki mamlakatimiz manfaatiga xizmat qiladigan aniq tashabbuslarga aylantirishni intiqlik bilan kutamiz", deydi Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
20:49 / 18.04.2026