Iqtisodiyot | 15:53 / 09.09.2025
2350
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlashni boshlashi mumkin

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari New Energy Transfer Group va Gulf Energy Efficiency kompaniyalari bosh direktori Aleksandra Vidux bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, qattiq va suyuq chiqindilarni qayta ishlash, kanalizatsiya tizimlarini samarali boshqarish, qishloq va suv xo‘jaligi, xususan baliqchilik sohalarida o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida 2025 yil sentabr oyida kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

New Energy Transfer Group Polshada suvni tozalash va energiya samaradorligi sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniya o‘zining 30 yildan ortiq tajribasiga tayangan holda, innovatsion texnologiyalarni ixtiro qilish va rivojlantirish, muhandislik va konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan birga ishlab chiqarish, xarid, qurilish, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatish sohalarida ham samarali yechimlarni taqdim etadi.

Kompaniya Polsha, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Xorvatiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA, Qatar, Kuvayt, Indoneziya va Malayziyada 100 million AQSh dollaridan ziyod umumiy qiymatga ega bo‘lgan 60 ga yaqin yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Mavzuga oid