Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’lim vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Shuningdek, Maktab vazirligiga yangi o‘rinbosar hamda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga yangi direktor tayinlandi.
Foto: Kun.uz
Sardor Rajabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i, markaz direktori o‘rinbosari, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti» rahbari lavozimlarida ishlagan.
2024 yil fevralidan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
O‘z navbatida, Azizbek Anvarjonovich Turdiyev uning o‘rniga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Turdiyev bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Bundan tashqari, Baxtiyor Yo‘ldoshev prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar «Yangi O‘zbekiston» universiteti prorektori edi.
Avvalroq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining uchala o‘rinbosari ham ishdan olingandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kungi selektorda ma’lum qildi.
Xususan, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shohrux Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olindi.
Shuningdek, prezident farmoni bilan, prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025