O‘zbekiston | 11:56 / 11.09.2025
2121
1 daqiqa o‘qiladi

"Mahalla yettiligi" va ta’lim muassasalari yoshlar bo‘yicha hamkorlik qiladi

“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Foto: IIV

Farmonga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” va ta’lim muassasalari o‘rtasida yoshlar, jumladan, umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qilish tizimi joriy etiladi.

Maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har oy sinf rahbari va maktab psixologi bilan xulq-atvorida murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilar o‘rtasida xorijiy tillar, kasblarni o‘rganish hamda mehnat faoliyatiga qiziqish bildirganlarini aniqlaydi.

Ushbu o‘quvchilarning ro‘yxati shakllantirilib, yoshlar yetakchisi va mahalla raisiga taqdim etiladi.

Yoshlar yetakchilari mahalla hududidagi murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilar uchun ustozlik tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Mahalla raislari yoshlarning fanlarni o‘rganishi, axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishi, kitobxonlik, sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid