O‘zbekiston | 11:19 / 12.09.2025
19942
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

Shanba kuni harorat +30…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbadan hududlarda havo salqinlasha boshlaydi, harorat +25 darajagacha tushishi mumkin. Keyingi hafta boshida ham O‘zbekistonga salqin havo kirib kelishi davom etadi.

Foto: Kun.uz

Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha harorati pasaya boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma va shanba kunlari respublikaning katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +30…+35 daraja atrofida, janubda kunduzi +37…+39 darajagacha bo‘ladi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat +20…+25 darajagacha pasayadi.

12 sentabr kuni kunduzi shimolda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Yakshanba kuni havo harorati kunduzi +25…+30 darajadan, janubda +33…+35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi, 1012 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati juma kuni +33…+35 daraja, shanba kuni +31…+33 daraja, yakshanba kuni +27…+29 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +16…+19 daraja bo‘ladi.

Keyingi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari +10…+15 darajagacha, kunduz kunlari +20…+25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid