Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlarga nisbatan yangi huquqiy maqom joriy qilinadi
“Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, jamiyat va iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega tadbirkorlarga nisbatan jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar huquqiy maqomi joriy qilinadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi.
Faoliyat turi va aktivlari miqdori tufayli yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirga, keng doiradagi manfaatdor tomonlarga ega bo‘lish mezonlariga javob beradigan tadbirkorlar jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritiladi.
Belgilangan mezonlarga javob beradigan tadbirkorlar har yili 1 iyulgacha jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga kiritiladi.
2026 yil 1 yanvardan reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron shaklda yuritiladi va har yili 1 iyulgacha hukumat portali yagona platformasi hamda ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026