Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko o‘z vorisi «baquvvat erkak» bo‘lishi kerakligini aytdi
Belarus prezidenti mamlakatga rahbarlik qilish uchun iste’dod bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Foto: AP
Belarusning bo‘lajak prezidenti «porox hidlagan» «baquvvat erkak» bo‘lishi kerak, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Xalq birligi kuniga bag‘ishlangan uchrashuvda.
«Men ham jamiyatda bo‘lajak prezidentni izlayapman va uni ko‘rishni xohlayman. Ammo men ko‘plab shaxslarni ko‘rib chiqyapman va shuni ko‘ryapmanki... buni cho‘zishning iloji bo‘lmaydi <...> Agar hali tug‘ilmagan bo‘lsa, prezident bo‘lishi uchun vaqt kerak. Agar senda prezidentlik iste’dodi bo‘lmasa – Belarusga suqilib kirma», dedi u.
Shuningdek, Lukashenko kelajakda prezidentlik lavozimini boshqa odam egallashi haqida doimo gapirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni fuqarolar ushbu fikrga asta-sekin ko‘nikishi uchun qilmoqda.
Shu bilan birga, Lukashenko mamlakatni ayol kishi boshqarishi ehtimolini rad qilmadi.
Avvalroq, Lukashenko Time nashriga bergan intervyusida o‘g‘li Nikolayni prezidentlik lavozimidagi vorisi deb hisoblamaslikni so‘ragandi. Shuningdek, Belarus rahbari navbatdagi prezident hozirgidan farqli siyosat yuritishi mumkinligini tan oldi.
Lukashenko mamlakatni 1994 yildan beri boshqarib kelmoqda. U yetti marta prezident etib saylangan: 1994, 2001, 2006, 2010, 2015, 2020 va 2025 yillarda.
Belarus prezidenti besh yil muddatga saylanadi. Navbatdagi prezidentlik saylovi 2030 yilga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
13:48
Gomeldagi idish-tovoq zavodi RF uchun harbiy dronlar yetkazib beryapti
14:58 / 02.12.2025
YeI Litvaga qarshi gibrid hujumlar sabab Belarusga yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
14:47 / 02.12.2025
Wise Rossiya va Belarus fuqarolarining kartalarini YeI sanksiyalari asosida blokladi
12:33 / 01.12.2025