Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi
Prezidentning "O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat "O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida"gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Qayd etilishicha, YeOTBning ustav kapitalida O‘zbekistonga har birining nominal qiymati 1000 AQSh dollari bo‘lgan 777 777 ta aksiya taqsimot qilingan, shundan 168 411 tasi (21,7 foiz) – pul to‘lanadigan aksiya va 609 366 tasi (78,3 foiz) – talab bo‘yicha to‘lanadigan aksiyalar.
YeOTB ustav kapitalidagi aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar jadvali tasdiqlandi.
Qarorga ilova qilingan jadvalga ko‘ra, aksiyalarni sotib olish uchun O‘zbekiston 2027-yilgacha 168,4 mln dollarlik to‘lovlarni amalga oshiradi, bunda:
• 2025-yilda — 10 mln dollar;
• 2026-yilda — 79,2 mln dollar;
• 2027-yilda — 79,2 mln dollar to‘lanishi belgilangan.
Bu maqsadlar uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga zarur mablag‘larni ajratadi, 2026 yildan boshlab esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu bankka a’zo bo‘lishi 2023-yilda ma’lum qilingandi. Undan avvalroq, 2021-yilda bank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirgani xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, Yevrosiyo taraqqiyot banki (Eurasian Development bank) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, Yevrosiyo mintaqasi mamlakatlarida iqtisodiyotni, savdo-iqtisodiy munosabatlarni va integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini amalga oshiradi.
2006-yilda tashkil etilgan, ustav kapitali 7 mlrd dollarga teng. Bankning shtab-kvartirasi Olma-Ota shahrida (Qozog‘iston) joylashgan. Shuningdek, Sankt-Peterburg, Ostona, Bishkek, Dushanbe, Yerevan, Minsk, Moskvada vakolatxonalari mavjud.
Mavzuga oid
12:41
Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi
16:32 / 28.11.2025
Fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bankni tanlash huquqi beriladi
11:26 / 28.11.2025
O‘zbekistonda “ochiq banking” tizimi joriy etiladi
11:39 / 13.11.2025