Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 1 million dollarlik AQSh «Oltin karta»sini joriy qildi
Bu karta orqali jismoniy shaxslar va korporatsiyalar tezlashtirilgan tartibda AQShda rezidentlik huquqini olishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari Tramp AQShdan tashqaridagi daromadlari uchun soliq to‘lamaydigan «Platinum» kartani ham joriy qilmoqchi.
Foto: White House
19 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp «Tramp oltin kartasi»ni taqdim etdi. Bu karta orqali jismoniy shaxslar va korporatsiyalar AQShda tezlashtirilgan rezidentlik huquqini olishlari mumkin bo‘ladi. Uning boshlang‘ich narxi 1 million dollar etib belgilangan.
Kartada prezidentning portreti, burgut, Ozodlik haykali va Amerika bayrog‘i oltin fon ustida tasvirlangan, chap tomonda esa «Trump Gold Card» yozuvi tushirilgan.

«Uzoq yillar davomida mamlakatimizga millionlab noqonuniy muhojirlar oqib keldi va immigratsiya tizimimiz izdan chiqqan edi. Endi Amerikaliklar va AQSh soliq to‘lovchilari bizning QONUNIY immigratsiya tizimimizdan foyda ko‘rishi vaqti keldi», deb yozdi Tramp.
Shaxsiy kartani endi 1 million dollarga sotib olish mumkin, korporatsiyalar esa keyinchalik 2 million dollarga karta sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
President Trump signs an Executive Order to open new pathways for extraordinary people who are committed to supporting the United States to come and contribute to America through expedited immigration. 🇺🇸
— The White House (@WhiteHouse) September 19, 2025
THE TRUMP GOLD CARD! ⬇️ pic.twitter.com/Ot4D7lTtyx
«Biz oltin karta qisqa fursatda 100 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ keltiradi, deb kutyapmiz», deb yozdi Tramp. «Bu mablag‘ soliqni kamaytirishga, iqtisodiy o‘sish loyihalariga va qarzlarimizni to‘lashga sarflanadi».
Kartani rasmiylashtiruvchi saytda qayd etilishicha, "Oltin karta"ning maqomi viza sifatida xizmat qiladi va milliy xavfsizlik yoki boshqa xavf omillari tufayli bekor qilinishi mumkin.

Ma’muriyat, shuningdek, «Trump Platinum Card»ni ham joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu karta jismoniy shaxslarga mamlakatda yiliga 270 kungacha yashashga imkon beradi, bunda ular AQShdan tashqaridagi daromadlari uchun soliq to‘lamaydi. Ushbu karta sayohat vizalarini almashtiradi.
Mavzuga oid
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
15:10 / 06.12.2025
AQSh NATOdagi majburiyatlarning asosiy qismini Yevropaga o‘tkazmoqchi
13:54 / 06.12.2025