19 sentabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp «Tramp oltin kartasi»ni taqdim etdi. Bu karta orqali jismoniy şaxslar va korporatsiyalar AQŞda tezlaştirilgan rezidentlik huquqini olişlari mumkin böladi. Uning boşlanğiç narxi 1 million dollar etib belgilangan.

Kartada prezidentning portreti, burgut, Ozodlik haykali va Amerika bayroği oltin fon ustida tasvirlangan, çap tomonda esa «Trump Gold Card» yozuvi tuşirilgan.

«Uzoq yillar davomida mamlakatimizga millionlab noqonuniy muhojirlar oqib keldi va immigratsiya tizimimiz izdan çiqqan edi. Endi Amerikaliklar va AQŞ soliq tölovçilari bizning QONUNIY immigratsiya tizimimizdan foyda körişi vaqti keldi», deb yozdi Tramp.

Şaxsiy kartani endi 1 million dollarga sotib oliş mumkin, korporatsiyalar esa keyinçalik 2 million dollarga karta sotib oliş huquqiga ega böladi.

«Biz oltin karta qisqa fursatda 100 milliard dollardan köproq mablağ keltiradi, deb kutyapmiz», deb yozdi Tramp. «Bu mablağ soliqni kamaytirişga, iqtisodiy ösiş loyihalariga va qarzlarimizni tölaşga sarflanadi».

Kartani rasmiylaştiruvçi saytda qayd etilişiça, "Oltin karta"ning maqomi viza sifatida xizmat qiladi va milliy xavfsizlik yoki boşqa xavf omillari tufayli bekor qilinişi mumkin.

Ma’muriyat, şuningdek, «Trump Platinum Card»ni ham joriy etişni rejalaştirmoqda. Bu karta jismoniy şaxslarga mamlakatda yiliga 270 kungaça yaşaşga imkon beradi, bunda ular AQŞdan taşqaridagi daromadlari uçun soliq tölamaydi. Uşbu karta sayohat vizalarini almaştiradi.