Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy koreyalik ekspertlar KXDR yangi «maxfiy quroli» haqida bilib oldi
Avvalroq, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda «maxfiy qurol» ishlab chiqilganini e’lon qilgan edi.
Foto: KCNA
KXDR «maxfiy quroli» «Xvason-20» qit’alararo ballistik raketasi yoki uning modifikatsiyasi, shuningdek, bir nechta kallakli qit’alararo ballistik raketalar, gipertovushli raketalar va atom suvosti kemalari bo‘lishi mumkin. Bu haqda janubiy koreyalik ekspertlarga iqtibos keltirgan holda News1 agentligi xabar berdi.
Bir kun avval Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda «maxfiy qurol» ishlab chiqilgani va yangi esminetslar qurilgani, bu esa dengizning qudratli davlatiga aylanish yo‘lida «muhim qadam» qo‘yilganini anglatishini ma’lum qilgandi. Ayni paytda Shimoliy Koreya Pxenyanning Mirim aerodromi hududida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
«Kim Chen In shu paytgacha asosiy qurollarni ishlab chiqish jarayonini shaxsan kuzatgan va «maxfiy qurol» iborasi ilgari tilga olingan tizimning maromiga yetganini anglatishi mumkin», dedi Janubiy Koreya Milliy mudofaa va xavfsizlik forumi kotibi Om Xyo Sik.
Shuningdek, Janubiy Koreyada Pxenyan allaqachon e’lon qilingan «Xvason-20»ni emas, balki «noyob narsa» - «qudrati va vazifasidan qat’i nazar, tasavvur qilish qiyin bo‘lgan» tizimni tayyorlaganini istisno qilishmaydi. Ehtimol, bu qurollar 10 oktyabr kuni - KXDR Mehnat partiyasi tashkil topganining 80 yilligi sharafiga o‘tkaziladigan harbiy paradda namoyish etiladi, deyiladi maqolada.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
12:36 / 14.11.2025
Qamchiq va Darband dovonlarida qatnaydigan tezyurar poyezdlar Janubiy Koreyadan xarid qilinadi
18:21 / 10.11.2025