Texnologiya | 23:12 / 23.09.2025
5576
2 daqiqa o‘qiladi

NASA Oyga astronavtlarni qachon yuborishini ma’lum qildi

Astronavtlar 2026 yil aprelida Oyga yuborilishi reja qilingan. Kosmik kema Oy atrofini bir marta aylanib chiqishi va Yerga qaytib, Tinch okeaniga qo‘nishi kerak.

Foto: NASA

Artemis II missiyasining to‘rt nafar astronavt bilan Oy atrofidagi parvozi kelasi yilning aprel oyidan oldin amalga oshirilmaydi, deb xabar berdi NASA ma’muriyati yordamchisi Lakish Hokins matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parvozga asosiy tayyorgarlik 2026 yil fevral oyida yakunlanishi kerak. Shu bilan birga, u missiyaning asosiy ustuvor vazifasi boshqariladigan Orion kemasi ekipajining xavfsizligi ekanini ta’kidladi. U Oy atrofini bir marta aylanib chiqishi va Yerga qaytib, Tinch okeaniga qo‘nishi kerak.

Artemis I missiyasi doirasida Orion kosmik kemasi bilan SLS eltuvchi raketasining birinchi sinov parvozi 2022 yil noyabr oyida amalga oshirildi.

2027 yilda Artemis III missiyasi davomida kema astronavtlar bilan birga Oyga qo‘nishi kerak. 2028 yilda boshqariladigan Artemis IV missiyasi rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida Orion kemasi Oy atrofidagi stansiya bilan bog‘lanadi, so‘ngra astronavtlar yana bir bor Oy yuzasiga qo‘nadi.

Inson oxirgi marta 1972 yil dekabr oyida Oyga uchgan - bu Amerikaning Apollo 17 missiyasi edi. Astronavtlar Yujin Sernan va Harrison Shmitt Oy yuzasida taxminan 3 kun bo‘lib, Yerga muvaffaqiyatli qaytgan.

Mavzuga oid