Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish umumiy hajmning 20 foizidan oshdi
23 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025 yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 8 mlrd kVt soatga yetdi.
Foto: Energetika vazirligi
Bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.
«Yashil» energiya hisobidan:
➖2 mlrd 424 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi;
➖ atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 3 mln 552 ming tonna zararli moddalar oldi olindi.
Joriy yil boshidan 23 sentabr holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 13 mlrd 220 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu – mamlakatdagi umumiy generatsiyaning 22 foizini «yashil energiya» tashkil etayotganini anglatadi.
Bu esa 7,3 mln xonadonning 9 oylik yoki 5,5 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng.
Mavzuga oid
11:46 / 05.02.2026
Rossiya 2026 yil boshidan beri Ukraina energetikasiga 217 ta hujum qilgan
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:27 / 28.01.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
15:31 / 27.01.2026