Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Moskvaga javob blekauti bilan tahdid qildi
Ukraina rahbari agar Rossiya Kiyevga elektr energiyasi ta’minotida ommaviy uzilish bilan tahdid qilsa, Moskva ham shunday oqibatlarga uchrashini aytdi.
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning kuz-qish mavsumida Ukraina energetika tizimini ishdan chiqarish tahdidlariga simmetrik javob berilishini aytdi.
«Agar, masalan, Ukraina poytaxtiga blekaut bilan tahdid qilinsa, Kreml bilishi kerak-ki Rossiya poytaxtida ham blekaut bo‘ladi», dedi Zelenskiy brifingda.
«Agar ruslar tahdid qilsa, ular bilan ritorikada ehtiyotkor bo‘lish kerak emas», dedi Ukraina prezidenti. «Madaniyatsizlar bilan madaniyatli bo‘lish - menimcha, bu ritorikada ham, jang maydonida va Rossiyaga nisbatan yanada mazmunli qadamlarda ham xatodir», deb qo‘shimcha qildi u.
«Rossiya aniq tushunishi kerak, sivilizatsiyalashgan mamlakatlar yovvoyilardan hech qachon birinchi bo‘lib tajovuz boshlamasligi va tajovuzkor emasligi bilan farq qiladi. Biroq bu ular zaif degani emas», dedi Ukraina prezidenti.
Avgust oyida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina energetika infratuzilmasi obektlariga hujumlarni kuchaytirdi. Avgust oyi oxirida Ukraina Energetika vazirligi navbatdagi zarbadan so‘ng Rossiya «isitish mavsumi arafasida infratuzilmani vayron qilish bo‘yicha ongli siyosatini davom ettirayotganini» aytdi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi avgust oyi o‘rtalarida 10 kun ichida 20 ta energetika obekti, jumladan, elektr nimstansiyalari, issiqlik elektr stansiyalari va neftni qayta ishlash zavodlariga zarar yetkazilganini aytdi.
Ukraina harbiylari, o‘z navbatida, Rossiya neft obektlariga dronlar bilan zarba bermoqda. Zarbalar oqibatida neftni qayta ishlash zavodlari qisman yoki to‘liq to‘xtab qoldi, bu esa boshqa narsalar qatori yoqilg‘i tanqisligi va uning narxining oshishiga olib keldi.
Mavzuga oid
22:35 / 11.12.2025
AQSh Ukrainada dunyodagi eng yuqori texnologiyali demilitarizatsiya zonasini yaratishga va’da berdi
16:46 / 11.12.2025
Zelenskiy ofisi rahbarligiga 5 nomzod. Bu haqida nimalar ma’lum?
15:58 / 11.12.2025
UXX Odessada RFning «yashirin floti» kemasi qo‘lga olingani haqida xabar berdi
15:31 / 11.12.2025