Sport | 20:50 / 01.10.2025
5587
1 daqiqa o‘qiladi

«Andijon» tarixiy o‘yinda «Al-Ahliy» bilan durang o‘ynadi

Andijonliklar o‘z maydonida birinchi marta Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinini o‘tkazdi.

Foto: FC Andijan

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidan o‘rin olgan «Andijon» va Qatarning «Al-Ahliy» o‘rtasidagi bahs golsiz yakunlandi. Ushbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi o‘rinda turadi.

1 oktyabr kuni Andijonda o‘tkazilgan bahsda tomonlar darvozani ishg‘ol qilolmadi. Bu andijonliklarning o‘z maydonida Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi ilk o‘yini bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Andijon» 2 ochko jamg‘ardi. Dastlabki turda jamoa Turkmanistonda «Arqadag‘» bilan ham golsiz durangni qayd etgan edi.

«Andijon» turnirdagi navbatdagi o‘yinini 22 oktyabr kuni o‘z maydonida Bahraynning «Al-Xolidiya» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid